
“Men bu klubni tark etayotganimdan bir tomondan xursand bo'lsam, bir tomondan ko'zimda yosh. Dunyoning eng zo'r klubini tark etish men uchun juda ham og'ir. “Bavariya” menga Chempionalar Ligasi g'olibligini berdi. Bunday muvaffatqiyatni esa barcha futbolchilar orzu qiladi. O'ylaymanki xuddi shunday natijani ajoyib hujumkor o'yin namoyish eta oladigan “Fiorentina”da ham qo'lga kirita olaman”.
“Men “Bavariyaga” omad tilayman va o'ylaymanki klub yaqin 3-4 yil ichida ham shunday barqaror va yuqori natijalarga erisha oladi, - Gomesning so'zlarini keltiradi myunxenliklar rasmiy sayti”.