Mareska: "AQSHdagi ob-havo tufayli mashq qilish deyarli imkonsiz"

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2025, 13:02
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska AQSHdagi issiq ob-havo sharoitidan nolidi.

"Ertalabki mashg'ulot juda qisqa va o'yinga tayyorgarlik ko'rishga bag'ishlandi. Bunday haroratda ishlash juda qiyin, lekin biz qo'limizdan kelganini qilamiz. Men bahona izlayotganim yo'q, shunchaki to'g'risini aytyapman: bu shikoyat emas, balki haqiqat. Haqiqatan ham issiq bo'lsa – bu obektiv reallik. Biroq biz bor e'tiborimizni faqat g'alabaga qaratganmiz va oxirigacha bunga intilamiz", – dedi Mareska.

Dushanba kuni "Chelsi" Filadelfiyadagi mashg'ulot bazasida kuchli sanoat ventilyatorlarini o'rnatdi va sovituvchi spreylardan foydalandi. Bu choralar issiqlik ta’sirini kamaytirish maqsadida qo'llandi. Ertaga Klublar o'rtasidagi JCH doirasidagi "Esperans"ga qarshi o'yin boshlanishidan oldin harorat 39 darajaga ko'tarilishi mumkinligi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The New York Times