Marek Gamshik: "Napoli"da o'ynashda davom etaman"

Aziz Tukhtamuradov
15 may 2014
"Napoli" yarim himoyachisi Marek Gamshik mavsumlar oralig'ida jamoani tark etmoqchi emasligini aytib o'tdi.

"Menga bo'lgan munosabat uchun muxlislardan minnatdorman. Biz etti yildan beri birgamiz va bu yana davom etadi.

Menga ishonayotganlarga raxmat aytib qolaman. Bu mavsum faoliyatimda ilk bora jiddiy jarohat olishga majbur bo'ldim. Shunday bo'lsada, jamoaga yanada foyda keltirmoqchiman.

Men "Napoli" jamoasi safida yangi yutuqlarni qo'lga kiritmoqchiman", - deydi Gamshik.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru