Marchello Lippi faoliyatini 2019 yilda yakunlashi mumkin

Aslanov Jasurbek
1 okt 2018
Italiya terma jamoasi sobiq ustozi, ayni damda Xitoy milliy jamoasini boshqarayotgan Marchello Lippi 2019 yilning fevralida faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida aytdi.

"Uyga qaytmoqchiman, ammo ishlash uchun emas. Shartnomam Osiyo Kubogidan keyin, 2019 yilning 31 yanvarida yakuniga etadi. Bu mening so'nggi turnirim bo'ladi deb taxmin qilyapman. Fevralda Xitoyni tark etsam kerak" - deydi 70 yoshli mutaxassis.

Lippi boshchiligidagi Italiya terma jamoasi 2006 yilda jahon chempioniga aylangan. U "Yuventus" bilan A Seriya va Chempionlar ligasida g'alabaga erishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Radio Anch'io Sport