

Manbaga ko'ra futbolchi yiliga 10 million evro pul ishlaydi.
Xabar berilishicha, "Real" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi kelishuv yakunlovchi bosqichga kirgan. "Real" ushbu transfer uchun 116 million evro to'laydi.
Avvalroq "Real" Beyl uchnu "Tottenxem"ga Koentrau va 85 million bermoqchi bo'lgandi. Biroq bunday variant londonliklarni qoniqtirmagan.
Shuningdek, "Real" Beyl uchun allaqachon 11-raqamni band qilib qo'ygani haqida e'lon qilingandi.



