

Nashr ma'lumotiga tayanadigan bo'lsak, fransiyalik hujumchi o'z qarorini Ispaniya chempionatining “Eybar”ga qarshi bo'lib o'tgan (2:2) so'nggi tur uchrashuvidan oldin aytgan.
Eslatib o'tamiz, Grizmann o'yinning 59-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan, muxlislar esa uni o'z etirozlarini bildirgan holda xushtakbozlik bilan kutib olishgandi. Aynan shu holat futbolchining qarori o'zgarishiga sabab bo'lganligi aytilmoqda.
Avvalroq, Antuan Grizmanning “Barselona” bilan kelishuvga erishgani va tez orada Kataloniyaga ko'chib o'tishi haqidagi xabarlar e'lon qilingan edi.



