Marat Bikmaev yubiley goli haqida: "Kuchim etganicha gol urishda davom etaman"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2018, 01:30
O'zbekiston terma jamoasi hamda "Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmaev KXDRga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yini (2:0) va faoliyatidagi 100-gol haqida fikr bildirdi.

- Jamoa gol urishda muammolarga duch keldi. Nima yetishmadi deb o'ylaysiz?
- Hamma narsa etarli bo'ldi deb o'ylayman. Gol urish uchun bazida bitta, bazida juda ko'p vaziyatlar kerak bo'ladi. Jamoamiz etarlicha vaziyatlar yaratdi. Havo tez sovib ketgani ham bizga biroz ta’sir qildi. Biroq bu bir tomondan yaxshi. Chunki sovuq qotib qolmaslik uchun yagurishga majbur bo'lasiz. Buning ustiga maydon "og'irroq".
- Bugungi bahsda faoliyatingizdagi 100 va 101-golingizni urdingiz. Bu haqida bilasizmi?
- Ha, albatta (kuladi). Faoliyatdagi 100-golimni urganimdan xursandman. Ishlashda davom etamiz.

- 200-golga harakat qilasiz...
- 200-gol? Bir nima deyish qiyin. Kuchim etganicha gol urishda davom etaman.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia