Marat Bikmaev "So'g'diyona"dan ketdi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2022
"So'g'diyona" matbuot xizmati hujumchi Marat Bikmaevning jamoadan ketganini ma'lum qildi.

"2022 yilgi qishki transferlar oynasi vaqtida "So'g'diyona" bilan shartnoma imzolagan hujumchi Marat Bikmaev klub bilan do'stona tarzda klub bilan xayrlashdi. Hujumchi ikkinchi davrani boshqa jamoada o'tkazishi mumkin. 

Marat Bikmaev birinchi davrada Superligada 10ta uchrashuvda  maydonga tushib jami 250 daqiqa harakat qildi. Hakamlar tomonidan 2 marotaba sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Shuningdek Marat Bikmaev "So'g'diyona"ning OFK kubogi guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirokida xam o'z xissasini qo'shdi", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Сўғдиёна матбуот хизмати