Marat Bikmaev: "Keyingi bosqich? Oldimizda Yamanga qarshi o'yin turibdi"

Aziz Tukhtamuradov
13 noya 2015, 18:52
Terma jamoamiz futbolchisi Marat Bikmaev KXDR ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Uchrashuv qiyin bo'ldi. O'yin avvalidayoq gol o'tkazib yubordik. Bu esa bizni sindirib qo'ygani yo'q. Biz bir jamoamiz! Shundan so'ng yanada kuchli o'yin namoyish eta boshladik. Avvaliga hisobni tenglashtirdik. keyin yana gol kiritdik va shundan so'ng barchasi bizning ssenariyimiz asosida kechdi.

Keyingi bosqich? Oldimizda Yamanga qarshi o'yin kutib turibdi. Xudo xohlasa o'sha o'yindan so'ng keyingi bosqich haqida bir narsa deyishimiz mumkin", - deydi Marat Bikmaev.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia