

Dinamo klubi bugun, 19 iyul kuni o'zbekistonlik nomdor hujumchi Marat Bikmaev bilan shartnoma imzoladi. Unga ko'ra, O'zbekiston milliy jamoasining sobiq a'zosi, 36 yoshli forvard mavsum yakuniga qadar jamoamiz sharafini himoya qiladi.
Marat Bikmaev so'nggi yillar davomida Toshkentning Lokomotiv va Paxtakor klublari sharafini himoya qilib, O'zbekiston chempioni, kubogi va superkubogi sohibi bo'lgan. Joriy mavsumning dastlabki qismini esa Jizzaxning So'g'diyona klubi safida o'tkazib, OFK kubogida maydonga tushdi.
Tajribali hujumchi Dinamoning Chirchiqdagi mashg'ulotlariga qo'shildi.



