Maran: "Udineze"dan yaxshiroq o'ynagandik, adolatsiz natija"

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 14:45
"Jenoa" bosh murabbiyi Rolando Maran A Seriya doirasida "Udineze"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Adolatsiz natija. Chunki "Udineze"dan ko'ra yaxshiroq o'yin ko'rsatgandik.

Durang ikki tomon uchun ham adolatli bo'lardi. Chunki bir necha santimetrlar bunga yo'l bermadi. Bu vaziyatni biz uzoq vaqt kutdik, poyladik va bir amallab gol urgandik. Endi esa gapirgandan mano yo'q.

Natija qoniqarsiz, biroq yigitlar qattiq harakat qilishdi, vaziyatdan chiqib ketishga intilishdi va bundan ko'prog'iga loyiq edilar.

Klub bizni qo'llab-quvvatlamoqda. barchamiz birdam bo'lsak, qiyinchiliklarni engib o'tamiz", - dedi Maran.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: europe.easybranches.com