Maradonaning vafoti tufayli Libertadores kubogi nimchorak final o'yini qoldirildi

26 noya 2020, 00:28
"Boka Xuniors" va "Internasonal" jamoalari o'rtasidagi bahs (Libertadores kubogi, 1/8 final) 26 noyabr kuni 05:30 da boshlanishi kerak edi.

KONMEBOL qarori bilan ushbu juftlik o'rtasidagi har 2 o'yin Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Diego Maradonaning vafoti tufayli bir haftaga qoldirilldi.

"Boka Xuniors" va "Internasonal" jamoalari o'rtasidagi 1-o'yin 3 dekabr, javob o'yini 10 dekabrda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: conmebol.com