

Janubiy amerikaliklarning g'alabasiga Diego Maradonaning o'g'li munosabat bildirdi. U Neapolda yashaydi va professional maqomga ega bo'lmagan "Napoli Yunayted" jamoasini boshqaradi.
"Argentina jahon chempioni. Men sening g'alabangdan xursandman Leo Messi, chunki bu kubokga sendan boshqa hech kim loyiq emasdi", - deb yozdi kichik Diego Maradona ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
"Men butun xalqim va yurtim uchun xursandman. Men har doim o'zimni argentinalikdek his qilganman. Otam hozir samoda bayram qilmoqda", - deya qo'shimcha qildi afsonaviy futbolchining o'g'li.
Eslatib o'tamiz, Diego Maradona 2020 yilning noyabr oyida vafot etgandi.



