Maradona: Konfederatsiyalar kubogi boshqa mamlakatda bo'lsa Braziliya chempion bo'lmasdi

2 iyul 2013, 15:48
Diego Armando Maradona Konfederatsiyalar kubogi finalida yirik hisobda mag'lub bo'lgan Ispaniya terma jamoasini qo'llab-quvvatladi.
"Musobaqa Braziliyada bo'lib o'tgani Ispaniyaning omadsizligi. Agar neytral maydonda o'ynaganida Braziliya g'alaba qozona olmas edi", - deydi Diego Armando.

"JCH-2014da Janubiy Amerika termasi g'olib bo'ladi. Umid qilamanki, Argentina chempion bo'ladi".

"Messi Dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lib qolmoqda. U Neymar va Krishtianu Ronaldudan kuchliroq".

Manba: football.ua