Maradona: "Hatto Tonga ham Argentinani yutishi mumkin"

Alisher
17 iyun 2019, 16:50
Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Diego Maradona Argentinaning Kolumbiya (0:2) dan uchralgan mag'lubiyatiga o'z munosabatini bildirdi.

"Tushuning, bizni hatto Tonga terma jamoasi ham engishi mumkin.

Biz qurgan jamoani obro'si bor. Argentina terma jamoasi libosi? Siz bu futbolkani o'z onangizdek his qilishingiz kerak", - deydi Maradona.

Tonga qirolligi Okeaniyada joylashgan va u yerda 103 252ta odam yashaydi. FIFA reytingida esa ushbu yurt terma jamoasi 206-o'rinda.

Eslatib o'tamiz, Argentina Kopa Amerikaning birinchi turidayoq mag'lubiyatga uchradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tyc Sports