Maradona Argentinaning Nigeriyadan uchragan mag'lubiyatidan keyin jamoani boshqarmoqchi

Tolibjon Qosimov
15 noya 2017, 20:04
Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diego Maradona yana milliy terma jamoani boshqarmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

Maradona bunday qarorini argentinaliklar Xorxe Sampaoli boshqaruvida o'rtoqlik o'yinida Nigeriyadan mag'lubiyat (2:4)ga uchraganidan keyin e'lon qildi.

"Kim ko'proq g'alabani qo'lga kiritgan? Keling xulosalar chiqaramiz.

Men havotirdaman, chunki ular obro'ni yo'qotishmoqda. Lekin, yigitlar aybdor emas. Men qaytishni xohlayman", - deb yozdi Maradona o'zining instagramdagi sahifasida.

57 yoshli mutaxassis yuqoridagi gaplarni yozish bilan birga Argentina murabbiylarining natijalarini ham joyladi. Unda Maradona 75% g'alaba bilan eng yaxshi ko'rsatkichga ega.

Eslatib o'tamiz, Maradona Argentina terma jamoasini 2008 yilning oktyabridan 2010 yilning iyuliga qadar boshqargan. U jamoa bilan JCH-2010ning chorak finaligacha borgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: instagram.com/maradona