Manuel Noyer jarohat oldi. Buni Germaniya terma jamoasi ustozi tasdiqladi

Khoja
21 mar 2024, 10:24
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi.

Uning nechta o'yin o'tkazib yuborishini Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsman ma'lum qildi.

Manuel Noyer terma jamoaning mart oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuborishi aniq. Shuningdek u Borussiya Dga qarshi bahsda ham maydonga tushmasligi mumkin, - degan mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com