"Manuel Noyer Evro-2024da Germaniya termasining asosiy darvozaboni bo'ladi" – Yulian Nagelsmann

Administrator
22 mar 2024
Darvozabon olgan jarohat ham bunga to'sqinlik qilmaydi.

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Yevropa chempionatida Manuel Noyer terma jamoaning asosiy darvozaboni bo'lishini ma'lum qildi.

"Noyer Yevropa chempionatida asosiy darvozabon bo'ladi. Biz qaror qabul qildik. Afsuski, Noyer jarohat oldi, ammo bu unchalik ham jiddiy emas, 10 kunda hammasi joyiga tushadi. Men qarorimni o'zgartirmayman.

Noyer ancha muddatdan beri yaxshi o'ynab kelmoqda. Eng muhimi – o'yinchilarga barchasini ochiq ma'lum qilish. Bu men asosiy tarkibda o'ynatmoqchi bo'lgan o'yinchilarga ham tegishli.

Ter Shtegen bilan suhbatda u tarkibda borligidan mamnun ekanimni ma'lum qildim. Jarohat istalgan payt yuzaga kelishi mumkin. Lekin mening qarorim o'zgarishsiz qoladi", -deydi Yulian Nagelsmann.


AdministratorMuallif
Manba: Bayern & Germany