Mansur Saidov "Neftchi"ga qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
13 dek 2014
2014 yilgi mavsumni Namanganning "Navbahor" klubida o'tkazgan tajribali yarim himoyachi qadrdon klubiga qaytishi mumkin.
Yil boshida "Bunyodkor" bilan shartnoma tuzgan Saidov oliy ligada mavsum boshlanmay turib "Navbahor"ga o'tgandi. Chempionatda 22ta o'yin o'tkazib 3ta gol urgan yarim himoyachi Farg'onaning "Neftchi" klubiga qaytishi mumkin.

Mansur Saidov 2001-2013 yillar davomida "Neftchi" sharafini himoya qilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia