

"Agarda jamoaga foydam tegmay yurganida ham faoliyatimni tugatishimga oz qoldi deb indamay yuraverardim. Lekin men hali bemalol yuqori saviyada o'ynashga kuchim etadi. Buning ustiga o'zimga hurmat qilaman. To'g'risi, klubdagilarning menga bo'lgan muomalasi yoqmadi. Jarima sifatida mukofot pullarimizni ham kesib tashlashdi. Vaholanki, men ulardan katta pul so'ramaganman. Doim ularning talablariga bo'ysunganman. Bundan holatda klubdan ketish men uchun achinarli.
"Qizilqum"ning taklifi men uchun qiziqarli tuyulmoqda. U yerda oldin birga o'ynagan futbolchilar faoliyat olib borishmoqda. Hamidjon Aktamov to'g'risida ham yaxshi gaplar eshitdim. Barchasini vaqt ko'rsatadi", - deydi Mansur Saidov "Futbol Ekspress" gazetasiga.




