Manolas va Nainggolan “Roma”da qolishadi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2017, 22:53
“Roma” prezidenti Jeyms Palotta jamoasining transfer siyosati haqida gapirdi.

“Totti? Bu borada biz hali aniq qarorga kelganimiz yo'q. Francheskoning roli jamoa ulkan. Bu masalani biz ikkimiz hal qilamiz. Aniq bir qarorga kelsak, albatta buni ma'lum qilamiz.

Nainggolan va Manolas klubda qolishadi. Biz bir qator futbolchilarni sotdik va moliyaviy feyr-pleyga amal qilamiz.

Monchi bilan rejamiz bir va barcha masalalarni birgalikda muhokama qilamiz. Shuningdek, biz kelajakda kim yaxshiroq o'yin namoyish etishini ham kuzatib bormoqdamiz”, deydi “bo'rilar” prezidenti.

Jamoa bosh murabbiyi Monchi ham klub rahbarining gaplarini tasdiqladi: Nainggolan “Roma”da qoladi. Biz oldi-sotdi jarayonini yakunladik.”


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RomaPress.us