Manolas maoshini rublda olmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2017, 18:45
"Zenit"ga o'tishga yaqin turgan "Roma" himoyachisi Kostas Manolas Piter klubidagi maoshini rublda olishni istamayapti.

Oldinroq Manolas 30 mln. evro evaziga Rossiya klubiga o'tishi, yana 5 mln. evro esa bonus sifatida qo'shib berilishi e'lon qilingan edi. "Chelsi" "Roma"ga futbolchi uchun 40 mln. evro to'lashga tayyor edi, ammo gretsiyalik futbolchi Rossiya klubini tanladi.

"Zenit" "Roma"ning boshqa futbolchisi Leandro Paredes borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Hozircha klublar kelishuvga erishishgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com