

“Kimga qarshi o'ynash men uchun og'ir? Gonsalo Iguainga qarshi. Joriy mavsumda biz safarda “Yuventus”ga qarshi maydonga chiqqanimizda u bizga chap oyoqda ajoyib gol kiritdi. Biz ushbu mavsumda juda ko'plab hujumchilarni “zararsizlantira oldik”, ammo Iguain bilan bu ishni amalga oshira olmadik. O'tgan mavsumda u “Napoli”da to'p tepganida uni “ushlashni” ilojini topgandik. Ammo bu mavsumda buning iloji bo'lmadi”, deydi Manolas.



