Manjukichning Qatarga transferi cho'zilmoqda

Mirjalol Normatov
22 sen 2019
"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi hujumchi Mario Manjukichning "Al Rayyan"ga transferi tafsilotlari haqida gapirdi.

"Transfer biroz kechikmoqda. Ushbu muammoni hal etish uchun bizda 30 sentyabrgacha vaqt bor. O'sha kuni Qatarda ro'yxatdan o'tkazish muddati tugaydi. Ko'ramiz, nima bo'larkin", - dedi Paratichi.

Qayd etilishicha, Qatar klubi 33 yoshli xorvatiyalik uchun 10 million to'lay olishga tayyor emasligini aytgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia