Mangalya ham koronavirusga chalindi, ammo unda kasallik belgilari yo'q edi

Alisher
16 mar 2020, 10:20
"Valensiya" himoyachisi Eliakim Mangalyada ham koronavirus aniqlandi.

Futbolchining aytishicha, unda hech qanday belgilar bo'lmagan bo'lsa ham, virus testi ijobiy natijani ko'rsatgan.

"Manchester Siti" sobiq o'yinchisi uyda oilasidan alohida karantinda ekanligini aytdi.

Oldinroq xabar berganimizdek, "Valensiya" jamoasidagi 5 nafar futbolchida koronavirus kasalligi aniqlangan.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 6ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/eliamangala