Mane: "U vada bergandi, biroq hojatxonani tozalayotganim videosini internetga joylab yubordi"

Mirjalol Normatov
27 noya 2018, 19:45
"Liverpul" yarim himoyachisi Sadio Mane internetda tarqalib ketgan video borasida gapirdi.

"Men musulmonman, kuniga 5 mahal namozni iloji boricha masjidlarda o'qishga harakat qilaman.

Bir kuni masjidda ganalik do'stimni ko'rib qoldim va uni uyimga bir piyola choyga taklif qildim. Biroq u: "Yo'q, men ishlashim kerak. Masjid hojatxonasini tozalashim lozim" dedi.

Unga yordam berishimni aytdim. O'sha vaqtda kimdir bizni videoga olayotganini bildim va undan videoni internetga qo'ymasligini iltimos qildim.

U vada berdi, biroq ertasi kuni video butun dunyoga tarqalib ketdi", - dedi Mane.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe