

"Bild" xabariga ko'ra, 30 yoshli senegallik futbolchining to'liq reabilitaciyasi taxminan uch oy davom etadi.
Shu tariqa, Sadio Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida Fransiyaning PSJ jamoasiga qarshi birinchi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. O'yin 2023 yilning 14 fevraliga belgilangan.
Mane jarohat tufayli 20 noyabr kuni Qatarda boshlanadigan 2022 yilgi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.
Senegallik joriy mavsum myunxenliklar safida 23 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.



