Mane PSJ bilan o'ynamasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 noya 2018, 12:47
"Liverpul" PSJga qarshi Chempionlar ligasi o'yinidan oldin kadrar muammosiga duch kelishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, qizillar hujumchisi Sadio Mane kasal bo'lib qoldi va Parij klubiga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmasligi mumkin. Bugun mersisaydlar o'z bazasida mashg'ulot o'tkazadi, shundan so'ng ular Parijga uchib ketishadi. Uchishdan oldin forvard borasida qaror qabul qilinadi.

PSJ - "Liverpul" uchrashuvi ertaga "Park de Prens" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com