Mane "Liverpul"da muntazam ravishda jarimaga tortilgan. Bu haqida Robertson so'zlab berdi

Administrator
28 yanv 2023, 00:59
Jarimaga sabab bo'lgan holat muntazam takrorlangan.

"Liverpul" klubi sobiq futbolchisi Sadio Mane ingliz grandi tarkibida ekanligida juda ko'p marta jarimaga tortilgan. Bu haqida uning sobiq jamoadoshi Endryu Robertson so'zlab berdi. Robertsonning so'zlariga ko'ra, Mane jamoa safarga yo'l olayotganda muntazam ravishda pasportini uyida unutib qoldirgan.

Bazi vaziyatlarda Mane uyidan hujjatlarini olib kelishga ulgurishi uchun klub samolyotini to'xtatib turishga ham to'g'ri kelgan. Bu esa klub rahbariyatini muntazam ravishda jahlini chiqargan. Robertsonning aytishicha, bu jarimalarning miqdori anchagina daraja katta bo'lgan va Manening maoshining sezilarli qismiga to'g'ri kelgan. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Mirror