Mane futbol klubi sotib olmoqchi

Оқил Абдубарноев
26 okt 2023, 22:30
"Al Nassr"ning senegallik hujumchisi Sadio Mane Fransiyaning to'rtinchi divizionida ishtirok etadigan klubni sotib olmoqchi.

31 yoshli futbolchi "Burj Fut"ga sarmoya kiritish borasida jamoa prezidenti Shayx Sila bilan muzokara olib bormoqda.

Manening xaridi shahar meri Yann Galut tomonidan ham maqullangan.

"Burj Fut" ayni damda 4-divizionning "B" guruhida ishtirok etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Get French Football News