Mane "Bavariya"da tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Myunxenga qo'ndi

Alisher
21 iyun 2022
"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane "Bavariya"ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, senegallik "Bavariya" mashg'ulot bazasida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Myunxen aeroportiga kelib qo'ndi.

Manening transfer narxi 45 mln evro atrofida bo'ladi. Futbolchining o'zi "Bavariya" bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Eslatib o'tamiz, Mane 2016 yildan beri "Liverpul"da o'ynayotgandi.

Mane nemis tilini biladi, u o'z vaqtida Avstriyaning "Zalcburg" jamoasida o'ynagan. O'yinchini "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann o'z jamoasida ko'rishni juda ham xohladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano