Mane Angliyadagi 100-golini kiritdi

16 fev 2020, 08:06
“Liverpul” yarim himoyachisi Sado mane APL 26-turida “Norvich”ga (1:0) qarshi kechgan bahsda zaxirada maydonga tushdi va oradan 18 daqiqa o'tib, jamoasiga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi.

Senegallik futbolchi Angliyadagi ( barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda) 100-golini kiritdi. 28 yoshli futbolchi ushbu gollarning 75 tasini “Liverpul” tarkibida urgan.

Futbolchi “Liverpul”ga kelguniga qadar ikki mavsum “Sautgempton” tarkibida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta