Manchini "Manchester Yunayted"ga rad javobini berdi

Omonjon To`xtamirzayev
24 noya 2021
"Manchester Yunayted" Ole-Gunnar Sulsherni iste'foga chiqargach, yangi murabbiy izlashda davom etadi.

Mankunianlar Roberto Manchini bilan aloqaga chiqqan, deb xabar berdi jurnalist Bild Kristian Falk.

"Manchester Siti" sobiq bosh murabbiyi hali tugallanmagan ishi borligi sabab, taklifga rad javobini bergan va Italiya termasi bilan JCH-2022 final bosqichiga chiqishi kerakligini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq MYU "Real" sobiq ustozi Zinedin Zidandan ham rad javobini olgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru