Manchini Italiya terma jamoasida ishlashga rozilik berdi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2014, 10:00
Galatasaroy klubi sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchini Italiya terma jamoasida Chezare Prandellining o'rnini egallashga rozi.
Corriere dello Sport nashrining xabariga ko'ra Manchini terma jamoada oldingi ish joylariga nisbatan kamroq maosh olishga rozi bo'ldi.

JCH-2014da skuadra adzurra guruhdan chiqa olmadi. Shundan so'ng Prandelli va Italiya futbol Federatsiyasi rahbari Jankarlo Abete iste'foga chiqishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru