

"The Telegraph" xabariga ko'ra, futbolchilar jarohatidan forig' bo'lishgan va 19 sentyabr kungi "Bavariya"ga qarshi o'yin oldidan mashg'ulotlarda ishtirok etishgan.
Mankunianliklarning yangi futbolchisi Sofyan Amrabat individual tarzda shug'ullangan. U "Fiorentina"dan o'tganidan beri "Yunayted" uchun maydonga tushgani yo'q.
"Bavariya" - "Manchester Yunayted" bahsi ertaga tunda soat 00:00da start oladi.



