"Manchester Yunayted"ning "Chelsi" bilan muzokaralari davom etmoqda

Mirjalol Normatov
30 avg 2023
"Manchester Yunayted" "Chelsi"ga Mark Kukurelya bo'yicha taklif bilan chiqdi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, tomonlarning muzokaralari davom etmoqda. Mankunianliklar jarohatlangan Lyuk Shouning o'rnini bosishi uchun aynan Kukurelyani ijaraga olmoqchi.

Kukurelya 2022 yil yozida "Brayton"dan 62 mln evro evaziga "Chelsi"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u APLning 24 o'yinida 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic