"Manchester Yunayted"ga Felish kerak

Mirjalol Normatov
21 apr 2020
"Atletiko" hujumchisi Joau Felish mankunianliklar e'tiborida.

"Le10 Sport" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" 20 yoshli portugaliyalikning xizmatlariga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. "Qizillar" futbolchining agenti Xorxe Mendesh bilan yaxshi munosabatga ega va bu Felishning transferida muhim turtki bo'lishi mumkin.

Manbaning aytishiga ko'ra, agarda yaxshi summa taklif qilinsa, "Atletiko" bir mavsumdayoq futbolchiga javob berishi mumkin.

Ushbu mavsumda Felish "matraschilar" tarkibida 20 o'yinda 4 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le10 Sport