

The Guardin nashriga ko'ra, jamoaga "Al Hilol" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Ruben Nevesh qo'shilishi mumkin.
Manbaga ko'ra, mavsum oxirigacha bosh murabbiy masalasi hal bo'lgach, "qizil iblislar" yarim himoyani mustahkamlashni rejalashtirmoqda va Nevesh klubning asosiy maqsadi hisoblanadi. Uning transferi taxminan 23 million evroga tushishi xabar qilinmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" Nevesh va boshqa transfer maqsadlari uchun mablag'ga ega. Agar klublar barcha shartlarni kelishib olsa, pul ajratiladi.



