"Manchester Yunayted" Zirkzeeni sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
24 mar 2025, 19:08
"Qizillar" yozda hujumchi Joshua Zirkzee bilan xayrlashishi mumkin.

Klub futbolchini sotishga intilmayapti, ammo ehtimoliy transfer takliflarini o'rganib chiqishga rozi.

Futbolchi joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 44 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.

Avvalroq MYU undan mamnunligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tribalfootball.com