“Manchester Yunayted” yosh futbolchisini ijaraga berib yuboradi

Оқил Абдубарноев
13 yanv 2023, 22:04
Ingliz klubi yosh o'yinchisi Zidan Iqbolni o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ijara asosida boshqa klubga qo'yib yuboradi.

19 yoshli futbolchi 9 yoshidan buyon “qizil iblislar” bilan birga. Uning asosiy jamoada o'z o'rniga ega bo'lish imkoniyati ancha cheklangan. Yarim himoyachi Chempionlar Ligasi doirasida “Yang Boyz”ga qarshi maydonga tushirilgandi. Joriy mavsumda u 11 o'yinni zaxiradan kuzatdi va maydonga tushirilmadi. Shu tufayli u boshqa joyda tajriba to'plash unga foydali bo'lishiga ishonmoqda. 

"Mankunianlar" ustozi Erik ten Xag esa iroqlik futbolchini qo'yib yuborishni istamayapti.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports