"Manchester Yunayted" yarim himoyachisini "Granada"ga qo'yib yuborishga tayyor

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2024, 19:34
Fakundo Pelistri Ispaniyaga ko'chib o'tishga yaqin turibdi.

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi yosh yarim himoyachi Fakundo Pelistrini Ispaniyaning "Granada"siga qo'yib yuborishga shay, deya xabar berdi Fabricio Romano.



Xabar qilinishicha, ayni damda klublar o'rtasida 22 yoshli urugvaylik futbolchining ijaragasi borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Fakundo Pelistri joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano