"Manchester Yunayted" Vitinya uchun davogarlik qilmoqda

Alisher
15 iyun 2022
"Manchester Yunayted" "Portu" yarim himoyachisi Vitinyaning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

"Qizil iblislar" 22 yoshli portugaliyalik uchun bosh davogar hisoblanadi. Futbolchining o'zi klubini o'zgartirishga tayyor va Angliya variantini ko'rib chiqmoqda.

Yarim himoyachining "Portu" bilan shartnomasida 40 million evro miqdorida tovon puli yozilgan.

Vitinya 2021/22 yilgi mavsum "Portu" safida 47ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi. Transfermarkt futbolchini 30 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Record