"Manchester Yunayted" va PSJ Allegri uchun kurashmoqda

Mirjalol Normatov
16 fev 2020, 12:10
"Manchester Yunayted" italiyalik murabbiy Massimiliano Allegrining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Sport Mediaset" xabariga ko'ra, klub ushbu mavsum yakunlanganidan keyin murabbiyni ishga taklif qilmoqchi. Shuningdek, mutaxassis ayni damda PSJ qiziqishlari doirasida ham bo'lib turibdi. YCHL pley-offlaridagi omadsiz ishtirok sababli klub rahbariyati Tomas Tuxelni iste'foga chiqarishni istamoqda.

Ayni damda APL turnir jadvali 9-pog'onasini egallab turgan mankunianliklar YCHLga chiqish imkoniyatlarini saqlab turibdi.

52 yoshli Allegri esa "Yuventus"dagi 4 mavsumlik faoliyatidan keyin ishsiz yuribdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Mediaset