"Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" bir futbolchi uchun kurashmoqda

Sherzod Nurmatov
27 apr 2026, 16:58
Premer-liga grandlari yozda tarkibni kuchaytirish rejalarini tuzmoqda.

"The Touchline" ma'lumotlariga qaraganda, "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Andersonni sotib olish uchun shiddatli kurash olib bormoqda.

"O'rmonchilar" Anderson ketgan taqdirda uning o'rniga olib kelinadigan futbolchini allaqachon aniqlab bo'lgan. "Nottingem Forest" bu transfyerdan 100 million funt (taxminan 115 million evro) daromad olishi kutilmoqda.

Elliot Anderson 23 yoshda. Xavbek joriy mavsum 44 rasmiy o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Touchline