"Manchester Yunayted" va "Liverpul" Pepega qiziqmoqda

Alisher
24 iyun 2019, 11:20
MYU va "Liverpul" klublari "Lill" hujumchisi Nikolya Pepega qiziqishni saqlab turibdi.

Xabarlarga ko'ra, ivuarlik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishga harakat qilayotganlar ichida "Atletiko" va "Inter" klublari yetakchilik qilmoqda. Har ikki klub ham futbolchiga 90 million evro berishga tayyor.

Ammo, Pepe o'z imkoniyatlarini Angliya Premer-ligasida sinab ko'rmoqchi.

Forvard yakunlangan mavsum Liga 1 da 38ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 11ta assistga erishgan.

24 yoshli Pepe "Poitiers" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Futbolchi Fransiyada tug'ilganiga qaramasdan Kot Ivuar terma jamoasida o'ynaydi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Voix du Nord