"Manchester Yunayted" va "Lester Siti" Angliya Superkubogi uchun kurashadi

Aslanov Jasurbek
22 may 2016, 18:45
Kecha "Kristal Pelas" va "Manchester Yunayted" o'rtasidag Angliya Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda mankunianlar qo'shimcha vaqtdagi gol tufayli g'alaba qozonishdi.

Shunday qilib, MYU 94-Angliya Superkubogi uchun bahsda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Ushbu o'yinda Premer-liga g'olibi va Angliya Kubogi sohibi kurash olib boradi. Demak, "Lester" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi uchrashuv 7 avgust kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia