

Joau Kanselu 2017/18 yilgi mavsumni “Inter” safida ijarada o'tkazdi. Uning transfer huquqi esa “Valensiya”ga tegishli. Milanliklar Kanseluni sotib olish imkoniyat juda past baholanayotgan bir vaqtda “Manchester Yunayted” Joauni o'z safiga qo'shib olish harakatlarini boshlab yuborgan. “Qizil iblislar” futbolchi uchun “Valensiya”ga 30 mln evro to'lashga tayyor.



