Angliya kubogi. "MYU" yarim finalda "Tottenhem"ni mag'lub etib, finalga yo'l oldi

Tolibjon Qosimov
21 apr 2018
Bugun Angliya kubogi yarim finali doirasida "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" jamoalari o'zaro bahs olib borishdi.

Londondagi "Uembli" stadionida o'tadigan uchrashuvdagi jarayonlarni bevosita onlayn tarzda aynan shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.



Angliya kubogi
Yarim final
21.04.2018
"Uembli", London
"Manchester Yunayted" - "Tottenxem" 2:1
Bosh hakam:
Antoni Teylor

Gollar: 0:1 – 11 Alli, 1:1 – 24 Sanches, 2:1 – 62 Errera.

Manchester Yunayted – De Xea, Djons, Smolling, Valensiya (Darmian, 80), Yang, Pogba, Matich, Lingard (Reshford, 83), Errera, Sanches, Lukaku.

Tottenxem –Vorm, Sanches, Devis (Lukas Moura, 68), Tripper, Vertongen, Eriksen, Dembele (Vanyama, 78), Dayer, Alli, Son Xyn Min (Lamela, 86), Keyn.

Ogohlantirish: Valensiya (27), Son Xyn Min (28), Alli (50), Yang (71), Dayer (81), Reshford (85), Errera (90).




UCHRASHUV BOSHLANDI!

GOLLLLL!!! 10-daqiqa Alle qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llab qo'ydi -0:1.

GOLLLLLL!!!!  Aleksis Sanches hisobni tenglashtirdi - 1:1.


Uxxxxx.. Darvoza ustuni "MYU"Ni goldan saqlab qoldi.... De Xea to'pni nigohlari bilan kuzatib qoldi..... Londonliklar tanaffus arafasida hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi..

Birinchi bo'lim yakunlandi!

Ikkinchi bo'lim boshlandi....

GOLLLLLLL!!!!!!!! Andrea Errera kuchli zarbasi bilan jamoasini hisobda oldinig olib chiqdi -2:1.

Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi....

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Manchester Yunayted" final yo'llanmasini qo'lga kiritdi! "Qizil iblis"larning barcha muxlislarini final yo'llanmasi bilan tabriklaymiz!


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia