"Manchester Yunayted" tarixi haqida hujjatli serial suratga olinadi

Administrator
21 yanv 2026
Lionsgate kinokompaniyasi "Manchester Yunayted" tarixiga bag'ishlangan hujjatli serial suratga oladi.

Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, serial Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qirolichasi Elizaveta II ning tarjimai holiga bag'ishlangan "Toj" seriali namunasi bo'yicha suratga olinadi, unda real faktlar tarixiy dramatik hikoya shaklida taqdim etilgan. Ma'lum qilinishicha, agar serial suratga olinib, yirik striming platformasiga sotilsa, klub bir necha million dollar miqdorida kafolatlangan mablag'ga ega bo'ladi. Ayni paytda ssenariyning yozilishi rivojlanish bosqichida.


AdministratorMuallif
Manba: The Athletic