“Manchester Yunayted” so'nggi 5 yildagi eng yaxshi natijasiga erishdi

11 may 2018, 07:58
APLning 31-tur qoldirilgan o'yinida “Vest Xem” va “Manchester Yunayted” uchrashuvi 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

“Manchester Yunayted” ochko yo'qotgan bo'lsa-da, mazkur durangdan so'ng APL yakuniga bir tur qolganda 78 ochko bilan 3-o'rindagi “Tottenxem”dan 4 ochko yuqorilab ketdi va mavsumni 2-o'rinda tugatadigan bo'ldi.

Ushbu natija “qizil iblislar”ning 2012/2013 yil mavsumidan beri qayd etgan eng yaxshi natijasi bo'lib, o'shanda “Yunayted” APL chempioniga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sports.ru